MTRK raisi Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi
Uning o‘rniga Abdurashid Jo‘raboyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raisi etib tayinlandi.


U 2020 yildan buyon O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib keladi. Bundan avval u 2005 — 2017 yillar orasida ham O‘zbekiston teleradiokompaniyasida (hozirgi MTRK) rais bo‘lib ishlagan. Raislik lavozimidagi uzilish 2017 — 2020 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu vaqt oralig‘ida u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarligi lavozimida faoliyat yuritdi.
Shuningdek, Abdurashid Jo‘raboyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raisi etib tayinlandi.

U 2023 yil 14 fevraldan buyon Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Abdurashid Jo‘raboyev mehnat faoliyati davomida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.
A.Jo‘raboyev ushbu lavozimda 2017 yildan buyon MTRKga rahbarlik qilib kelayotgan Alisher Xodjayevning o‘rnini egallagan.







