O'zbekiston

“Toshkent IES”da mazutdan foydalanilayotganligi fosh bo‘ldi

Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan.

“Toshkent IES”da mazutdan foydalanilayotganligi fosh bo‘ldi

 

Toshkent issiqlik elektr stansiyasida mazutdan foydalanilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 23–31 yanvar kunlari vazirlik tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shaharchasida joylashgan “Toshkent IES” faoliyati tekshirilgan.

 

Tekshiruv davomida korxonada gaz asosiy yoqilg‘i hisoblangani, shuningdek, qo‘shimcha yoqilg‘i sifatda mazutdan foydalanilayotganligi aniqlangan. Shu sababli Toshkent shahri havosini tutun qoplagan. 

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra issiqlik elektr stansiyasiga atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 1 mlrd 23 mln so‘m (atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 759 mln, neft mahsulotlari bilan yerni ifloslantirganlik uchun 264 mln) miqdorida kompensatsiya belgilandi. 

 

Bundan tashqari, IESga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 16 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berildi.

 

Ayni damda to‘plangan hujjatlar huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan IES mansabdor shaxslariga tegishli chora ko‘rish maqsadida sud organlariga yuborilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Toshkent IES”da mazutdan foydalanilayotganligi fosh bo‘ldi | Zamon.uz