Toshkentda 5 ta mashina YTHga uchradi
Oqibatda jarohatlanganlar bor.

Bugun, 2 fevral kuni soat 18:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Lacetti, 2 ta Matiz va 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida yo‘l chetida texnik nosoz bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinani taʼmirlayotgan ikki nafar fuqaro yengil jarohat olgan, ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







