Denis Istomin tennisdagi faoliyatini yakunladi
Bugun u bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik 37 yoshli tennischi, bir qator nufuzli turnirlar ishtirokchisi Denis Istomin tennisdagi faoliyatini yakunladi.
Toshkent shahridagi “Humo arena”da tennis bo‘yicha Devis kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Kun dasturidagi o‘yinlardan so‘ng, Denis Istomin bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun, Denis Istomin 4 marta Osiyo o‘yinlarida qatnashib, barchasida sovrindor bo‘lgan. Ko‘p marta “Katta dubulg‘a” turnirlarida ishtirok etgan. Yakkalik bahslarda 2 marta sovrin qo‘lga kiritgan. 2012 yilda ATP reytingidagi eng yaxshi natijasini qayd etib, 33-o‘ringa ko‘tarilgan.







