O‘zbekiston Bishkek IESdagi avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam jo‘natdi
Suyultirilgan gaz ballonlari Andijondan O‘sh shahriga yuborilgan.

Qirg‘iziston tashqi siyosat idorasi rahbari Jeyenbek Kulubayev bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.
Saidovning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga Bishkek issiqlik elektr stansiyasidagi avariya munosabati bilan zarur yordam ko‘rsatishga tayyor.
Xususan, O‘zbekiston tomoni suyultirilgan gaz ballonlari Andijondan O‘sh shahriga yuborilgani haqida xabar berdi.
O‘z navbatida, Kulubayev birodarlik gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligi uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik bildirgan.







