O‘zbekiston Osiyo kubogini tark etdi
Qatar penaltilar seriyasida O‘zbekistonni mag‘lub etdi va yarim finalga chiqdi.

Osiyo kubogining chorak finali doirasida O‘zbekiston - Qatar bahsi yakunlandi.
Uchrashuvning asosiy qismi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmay qoldi. Shundan so‘ng g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Unda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi va musobaqadagi ishtirokni yakunlashdi.







