“Taxtaqoracha” dovoni yopildi
Bunga dovonda qalin qor yog'gani sabab bo'lgan.

3-fevral kuni soat 23:15 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni qalin qor yoqqanligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Ayni paytda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.







