Aktyor Abror Tursunov vafot etdi
U "Kulol va xurmacha” filmidagi roli bilan ancha mashhur.

"Kulol va xurmacha” filmidagi Xurmacha obrazi bilan tanish bo‘lgan kinoaktyor Abror Tursunov vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Kinematografiya agentligi ijodkorning oila-aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qilgan.
Maʼlumot uchun, kinoaktyor faoliyati davomida “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon”, “Kim jinni”, “Ayollar saltanati” kabi ko‘plab filmlarda ham rollar ijro etgan.







