Prezidentlar “Humo Arena”da uchrashdi
Ayni damda muz saroyda xokkey bo‘yicha chempionat o‘tkazilmoqda.

Biroz avval Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.
“Sputnik” nashrining yozishicha, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyida uchrashgan.
Davlat rahbarlari Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionatining “Humo” (Toshkent) va “Nomad” (Ostona) klublari o‘rtasidagi uchrashuvni birgalikda tomosha qilishadi.







