Siyosat

Belarus Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi

Lukashenko tashrifining ikkinchi kunini Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘yishdan boshladi.

Belarus Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi

 

Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 8 fevral kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. 

 

Oliy martabali mehmon muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.  

 

Aleksandr Lukashenko ushbu muazzam bog‘ning bunyod etilish tarixi bilan tanishdi. Mustaqillik monumentida aks ettirilgan buyuk allomalar, qahramon sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimiz haqida so‘zlab berildi.

 

Delegatsiya aʼzolari “Yangi O‘zbekiston” majmuasining g‘oyaviy va meʼmoriy yechimlariga eʼtibor qaratdi.  

 

Bu yerdagi sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, noyob daraxt va gul-chechaklar uyg‘unligi odamlarning bahri dilini ochadi.  

 

Milliy davlatchiligimizning teran tarixi, xalqimizning bag‘rikeng, mehmondo‘st va bunyodkorligini ifoda etgan bu majmua hamisha gavjum.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Belarus Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi | Zamon.uz