Rus aviakompaniyasining Toshkent-Moskva reysi nomaʼlum muddatga kechiktirildi
Bu haqda Uzbekistan Airports maʼlum qildi.

Toshkent vaqti bilan 8 fevral kuni soat 03:45 da parvoz qilishi rejalashtirilgan SU1871, Toshkent – Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra nomaʼlum muddatga kechiktirildi.
Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi amalga oshirishi kerak bo‘lgan parvozning kechikish vaqti 6 soatdan oshmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, aviakompaniya tomonidan reys yo‘lovchilarini mehmonxonaga joylashtirish tashkillashtirilgan. Rasmiy xabarda parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchidan, shuningdek, Uzbekistan Airports rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali olish mumkinligi eslatilgan.







