Muhammadqodir Abdullayev og‘ir judolikka uchradi
Bokschining otasi vafot etdi.

Olimpiada chempioni, bokschi Muhammadqodir Abdullayevning otasi vafot etdi.
Maʼlumot uchun, Muhammadqodir Abdullayev 1973 yilning 15 noyabrida Andijon viloyatida tug‘ilgan.
U 1995 yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqdi, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, 1996 yili esa Atlantada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir biri-biridan qiyin janglarda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioniga aylandi.







