“Poytaxt” biznes markazida yong‘in chiqdi
Yong‘in salkam 10 minut ichida 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan o‘chirildi.

FVV sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Bugun, 9 fevral kuni soat 11:40 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib bordi va yong‘in va soat 11:51 da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







