Andijonga elektrobuslar keltirildi
Ushbu modellar yaqinda Andijonda ishlab chiqariladigan avtobuslarning namunasidir.

Avtobuslar 2 turda – biri 60 kishi, ikkinchisi 90 kishigacha sig‘imga ega.
Bir martalik quvvatlash bilan 400 kmgacha yo‘l bosish mumkin.
Quvvatni qayta to‘ldirish uchun tezkor rejimda 3 soat vaqt kifoya qiladi.







