"Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi"
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xususiy OTMning litsenziyasi to'xtatilishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan.
Shundan 5 tasining tegishli litsenziyasi sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi.
Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarining o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.







