O'zbekiston

"O'zbekiston temir yo‘llari" AJ raddiya bilan chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda AJ tomonidan ishchilarni majburiy-ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilayotganligi haqidagi ma’lumot tarqalgan.

"O'zbekiston temir yo‘llari" AJ raddiya bilan chiqdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ishchilarni majburiy-ixtiyoriy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilayotganligi haqidagi ma’lumot tarqalib, ushbu xabarning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida noto‘g‘ri talqin qilinishi turli e’tirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasiga muvofiq, xodimning yozma murojaatiga (ariza) binoan unga ish haqi to‘lanmaydigan ta’til berilishi mumkin, bu ta’tilning davomiyligi u bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvda belgilanadi. Ya’ni ish haqi to‘lanmaydigan ta’til berish uchun asos xodimning yozma murojaati hisoblanadi.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida ish haqi to‘lanmaydigan ta’tillar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasida o‘rnatilgan tartibda ishlab kelinmoqda. Bugungi kunda Jamiyatda ishchi xodimlar ixtiyoriy-majburiy ravishda to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilish holatlari mavjud emas.

 

Hozirgi kunda, mazkur masala yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiy korxonalari rahbar xodimlari bilan tegishli tushuntiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Bugungi kunda Jamiyatning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatida taqchillik kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan maqsadsiz yo‘naltirilayotgan xarajatlarni maqbullashtirish choralari ko‘rib kelinmoqda.

 

"Ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq temir yo‘l sohasida transformatsiya, raqamlashtirish, yo‘lovchi va yuk tashishda xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, barqaror investitsiya muhitini yaratish, harakat tartibini yangilash va moliyaviy holatni mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan bo‘lib, buning natijasida Jamiyatning iqtisodiy moliyaviy holati yaxshilanishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda. 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

"O'zbekiston temir yo‘llari" AJ raddiya bilan chiqdi | Zamon.uz