Andijondagi ikki qavatli uyda yong‘in chiqdi
Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Bugun, 11 fevral kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi uyda yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:00 da Marhamat tumani “O‘zbekiston” MFYda joylashgan ikki qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:06 da yetib borib, yong‘in soat 14:16 da o‘rab olingan va soat 14:44 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







