O'zbekiston

Endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini boshqara oladi

Transport sohasida gender tenglikni taʼminlash imkoniyati yaratildi.

Endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini boshqara oladi

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga [85-son] muvofiq Hukumatning 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

 

Shu tariqa ayollarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:

 

  • yuk koʻtarishi 2,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarini boshqarish;

  • yoʻlovchilarning soni 14 kishidan ortiq boʻlgan avtobuslarni boshqarish.

 

“Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qoʻshimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni taʼminlash va katta sigʻimli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi”, — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sogʻliqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Endi ayollar ham avtobus va yuk mashinasini boshqara oladi | Zamon.uz