O'zbekiston

Sudyadan tortib bosh muhandis o‘rinbosarigacha

DXX hududlardagi firibgarliklarga chek qo‘ydi.

Sudyadan tortib bosh muhandis o‘rinbosarigacha

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo filiali bosh muhandisi o‘rinbosari paxta-to‘qimachilik klasteriga tegishli bo‘lgan 21 ta suv nasos quduqlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun “texnik shart” berish evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilib, joriy yilning yanvar oyida 3 ming AQSH dollari oladi. 

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bosh muhandis o‘rinbosari qolgan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Taʼkidlash lozimki, mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat Kodeksining 205 va 209-moddalari bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

 

Jizzax viloyati “Toza hudud” DUK bosh hisobchisi ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbariga nisbatan sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berish, yaʼni ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Afsuski, mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanganligiga qaramasdan, qayta jinoyatga qo‘l urgan.

 

O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Nurota tumanida yashovchi fuqaroning muqaddam buxorolik xaridorlarga sotgan 250 bosh qo‘ylarining pullari berilmayotgani yuzasidan qilgan murojaatini ijobiy hal etib berish evaziga 1 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 500 AQSH dollari va 6 mln. 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Milliy Gvardiyaning Sirdaryo viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xizmatni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi bosh inspektori Boyovut tumanida yashovchi fuqaroni Qo‘riqlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, muqaddam 1500 AQSH dollari oladi.

 

Lekin, u so‘ralgan pulning qolgan 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Guliston harbiy prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.