O'zbekiston

Buxoroda ikkita shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Stansiyalar toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 3 mlrd 600 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buxoroda ikkita shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

 

Energetika vazirligi maʼlumotida yozilishicha, Saudiya Arabistonining “ACWA Powyer” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va Gʻijduvon tumanlarida qurilayotgan shamol elektr stansiyalarining har biri 500 MVt quvvatga ega(jami 1000 MVt).

 

Mazkur loyihalar doirasida “Envision” kompaniyasining (Xitoy) har birining quvvati 6,5 MVtdan boʻlgan shamol turbinalari oʻrnatilyapti. Hozirgi kunga qadar jami quvvati 474,5 MVtga teng boʻlgan 73 ta shamol turbinasi oʻrnatib boʻlingan. Har bir turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metrni tashkil qiladi.

 

Ushbu yirik loyihalar doirasida jami 158 ta mana shunday shamol turbinalari oʻrnatiladi. Mazkur elektr stansiyalarining dastlabki 400 MVt quvvati 2024-yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

 

Stansiyalar toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 3 mlrd 600 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1 mlrd 100 mln kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1 mln 500 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

 

Maʼlumot uchun, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ham 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilyapti va uning ishga tushirilgan dastlabki quvvatlari hozirgi kunda “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"