"Ta’lim tarbiya nazorati huquqbuzarlik emas!"
Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan va ma’lum darajasidagi obunachilariga ega bo‘lgan blogerlar tomonidan tarqatilayotgan ayrim ma’lumotlar asossiz hisoblanib, keng jamoatchilik o‘rtasida anglashmovchilikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish, jamiyatdagi qonunga itoatsizlik darajasini pasaytirish, ayniqsa voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish va oldini olish alohida ahamiyatga ega. Yoshlar o‘rtasida sodir etilgan ayrim huquqbuzarliklar bir necha yildan so‘ng «kattalar» jinoyatchiligiga aylanishi tabiiy. Jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki bugungi strategik maqsadlarga erishishda ham o‘z salbiy ta’sirini namoyon etadi.
O‘zbekistonda ta’lim sohasini isloh etish yoshlar orasidagi huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasi davlat taraqqiyotining kafolati deb hisoblayman. Tarixdan ma’lumki, har bir jamiyat taraqqiyoti va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mamlakatimizdagi yoshlarga oid davlat siyosati esa qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan shakllanib kelgan asl milliy va diniy qadriyatlarimizning bugungi kundagi ahamiyati nechog‘lik muhim ekanligini ko‘rsatib bermoqda.
"Yoshlarni turli salbiy illatlardan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishiga olib keluvchi tahdid va omillardan asrab, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘satmasak, ergangi kunimizga befarq qaragan va ildizimizga bolta urgan bo‘lamiz.
Endi masalaning tub ildizi bo‘lgan maktablarga murojaat etamiz. Statistikaga ko‘ra birgina 2023 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 3500 nafarni tashkil etsa, shulardan 2280 ta holat maktab o‘quvchilari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu albatta vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan barchani birday tashvishga solishi tabiiy. Yoshlar orasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, xususan sababsiz darsga kelmayotgan o‘quvchilarni maktabga qaytarish maqsadida Milliy gvardiya maktablarga jalb etildi. Milliy gvardiya funksiyasiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatoriga kiritilgan va “Milliy gvardiya to‘g‘risidagi” qonunning 3-moddasiga ko‘ra “huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish” Milliy gvardiyaning vazifalaridan sanaladi", — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan va ma’lum darajasidagi obunachilariga ega bo‘lgan blogerlar tomonidan tarqatilayotgan ayrim ma’lumotlar asossiz hisoblanib, keng jamoatchilik o‘rtasida anglashmovchilikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari maktablarda “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘quvchilarning davomati, muntazam dars mashg‘ulotlarini sababsiz qoldirayotgan o‘quvchilarning oilaviy shart-sharoitlarini o‘rganish, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida ijobiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.
"Hurmatli blogerlar, munosabat bildirayotgan fikringiz aholi o‘rtasida turli tushunmovchiliklar kelib chiqishiga emas balki Sizning va barchamizning farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasini yaxshilashga mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishini xohlardik.
Milliy gvardiya o‘z faoliyatini qonuniy asoslarda olib bormoqda. Mamlakat ertangi kuni bo‘lgan yoshlar masalalariga berilayotgan e’tiborni ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishi o‘z navbatida xalqimiz va Vatanimiz ertangi kuni bo‘lgan yoshlarni istiqboli yo‘lida yaqindan yordam berayotgan davlat tashkilotlarining ishtiroki to‘g‘risida aholida noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin", — deya qayd etilgan.







