O‘FA buxgalteri 350 ming dollarni o‘zlashtirib, qochib ketgani aytilmoqda
Bu haqda “Chempionat Asia” nashri xabar berdi.

Daryo.uz nashrining O‘FAdagi manbasiga ko‘ra, ayni paytda holat o‘rganilmoqda.
“Tashkilot hisob-kitoblarida kamomad chiqqani haqiqat, biroq hozircha hisobchi qanchadir mablag‘ni o‘zlashtirib, chet elga qochib ketdi, deya hukm chiqarishga erta. Surishtiruvlar davom etyapti”, — deydi manba.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov bu haqdagi maʼlumotga ega emasligini bildirgan.







