“O‘zbekiston” nashriyot uyi xodimi o‘zini osib qo‘ydi
Holat yuzasidan Bosh prokuratura Zamon.uz'ga maʼlumot berdi.

O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi xodimi o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz'ga maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 16 yanvar kuni O‘zbekiston nashriyoti-matbaa ijodiy uyi xo‘jalik bo‘limida bog‘bon bo‘limida ishlovchi Mansurov Baxtiyor Yuldashevich ishxonasining yer to‘lasidagi kiyinish xonasida o‘zini osish yo‘li orqali joniga qasd qilgan.
Dastlabki tibbiy maʼlumotga ko‘ra, o‘lim bo‘yin aʼzolari sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqanligi, bo‘yin sohasida strangulyatsion egat mavjudligi aniqlangan.
Hozirda B.Mansurovning o‘z joniga qasd qilganligi sabablari va boshqa holatlarni aniqlash uchun maxsus bilim zarurligini inobatga olib sud oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.







