Bugun Prezident videoselektor o‘tkazadi
Unda ijtimoiy himoya sohasidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, videoselektor ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yana-da kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkaziladi.







