O'zbekiston

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTM talabalarining keyingi taqdiri nima bo‘ladi?

Tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mavzu yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova aniqlik kiritdi.

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat OTM talabalarining keyingi taqdiri nima bo‘ladi?

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda maʼlum qilinishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023 yil 16-31 may kunlari respublikamizdagi 71 ta nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida Namangan viloyatidagi "NAMXU OTM" MCHJ nodavlat oliy taʼlim tashkiloti — Namangan xalqaro universitetida oliy taʼlim xizmatlarini litsenziyalash talablari va shartlariga rioya etishda qator qo‘pol qoidabuzarliklar qayd etildi.

 

“NAMXU OTM” MCHJ va vazirlik o‘rtasida ish iqtisodiy sudning 3 ta va maʼmuriy sudlarning 3 ta, jami 6 ta instansiyasida ko‘rib chiqilgan.

 

Shuningdek, “Valley innovative university” nodavlat oliy taʼlim muassasasini tekshirish jarayonida bir qator litsenziya talab va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.

 

Litsenziyasi bekor qilingan oliy taʼlim muassasalarining talabalarini boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ko‘chirish uchun masʼuliyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi zimmasida bo‘lib, talabalar o‘zlari istagan oliy taʼlim tashkilotiga tegishli tartibda ko‘chiriladi.

 

Xususan, Namangan xalqaro universitetining HEMIS axborot tizimiga kiritilgan 5876 nafar talabasidan o‘qishga ko‘chirish bo‘yicha ariza olish jarayoni 16 fevraldan boshlandi. 19 fevral holatiga 5148 nafar talabadan arizalar olindi.

 

Shu o‘rinda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jurnalistlar, blogerlar va barcha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ochiqligini maʼlum qiladi, shuningdek tekshirilmagan yoki o‘z tasdig‘ini topmagan xabarlarni eʼlon qilish orqali aholiga noto‘g‘ri maʼlumot bermaslikka chorlaydi. 

 

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.