Toshkentda elektrobuslar avariyaga uchradi
Holat yuzasidan YHXB maʼlumot berdi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida elektrobuslar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda shahar YHXB xabar bermoqda.
Holat bugun, 20 fevral kuni soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan D.S. YUTONG rusumli elektrobusni boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG elektrobusi 1986 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG elektrobusi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.







