O'zbekiston

Ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasiga tushirilmoqda

Bunda qanday jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

Ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasiga tushirilmoqda

 

Yordamga muhtoj aholi vakillarini ijtimoiy himoyalash tizimi mahalla darajasiga tushirilmoqda. Xo‘sh, kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar nima?

 

“Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

 

40 ta tumanda reabilitatsiya, sog‘lomlashtirish va nogironligi borlarga qaraydiganlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘p tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.

 

“Temir daftar”larni yuritish to‘liq Ijtimoiy himoya agentligiga o‘tkaziladi.

 

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan bir martalik yordam olish uchun, oilalarni “temir daftar”ga kiritish talabi bekor qilinadi.

 

Endi, nafaqa oluvchilar ro‘yxatiga, birinchi navbatda, nogironligi bor, ota-onasi yo‘q, boquvchisini yo‘qotgan, kasalligi va boshqa sababga ko‘ra uzoq muddat ishlay olmaydiganlarning oilalari kiritiladi.

 

Boshqa fuqarolarni “ijtimoiy reyestr”ga kiritishda, ularning faqat daromadi emas, balki xarajatlari ham baholanadi (yashash sharoiti, kommunal, soliq, kredit to‘lovlari va boshqalar).

 

Shuningdek, Ijtimoiy himoya agentligiga viloyat hokimlari bilan, 1 iyunga qadar barcha 9 ming 442 ta mahallada ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish vazifasi topshirildi (hozirda 28 ta tuman qamrab olingan).

 

Yil yakunigacha odamlarga protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolg‘iz deb eʼtirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushiriladi.

 

1 oktyabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirish joriy etiladi.

 

Ushbu yangiliklardan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy himoya tizimida aniqlik, shaffoflik va adolatni taʼminlash. Toki yordam olgan inson hayotga qaytishga intilsin, o‘zini jamiyatning haqiqiy aʼzosi deb his qilsin.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasiga tushirilmoqda | Zamon.uz