Nest One musodara qilinyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent Cityʼdagi Nest One binosi Aloqabank foydasiga musodara etilishi mumkinligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Holatga Aloqabank axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, Nest One binosining qurilishiga Aloqabankʼning hech qanday aloqasi yo‘q. Bank tomonidan bu bino uchun hech kimga kredit mablag‘lari berilmagan va o‘z navbatida biror tadbirkorga nisbatan sudga murojaat qilinmagan.







