Toshkentda yuk mashinalari harakatlanishi taqiqlanmoqda
Yangi tartib 1 martdan joriy etiladi.

2024 yil 1 martdan boshlab Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi.
Ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi.







