Afsonaviy “Garri Potter” ekranlarga qaytmoqda
Filming yangi talqindagi versiyasi qachon chiqishi aytildi.

Warner Bros kompaniyasining bosh direktori yangi talqindagi “Garri Potter” filmi 2026 yilda chiqarilishini maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh sehrgar haqidagi so‘nggi film 10 yil oldin yaratilgan. Endi bu voqea haqida yangi tasavvurni baham ko‘rish vaqti keldi. Shuningdek, Garri haqidagi hikoyaning mashhurligi shu kungacha pasaymagan. Doston qahramonlariga bo‘lgan samimiy muhabbat muxlislar qalbida hamon mustahkam.
Kino ijodkorlari filmdan avvalgidek yana yuqori reytinglarni kutishmoqda.







