“Bu kitoblarni noyob ilmiy ish deya baholash mumkin”
Akmal Saidov “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” kitob-albomi haqida fikr bildirdi.

Kecha “Sevimli” telemedia-majmuasining anjumanlar zalida “Madaniy meros – Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘prik” media-tadbiri bo‘lib o‘tgani va unda yangi “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” kitob-albomining taqdimoti o‘tkazilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi tahrir hayʼati raisi Akmal Saidov kitob haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
“O‘zbekiston va Italiya munosabatlarining eng muhim yo‘nalishi bu madaniy-gumanitar aloqalardir. Chunki Italiya Yevropada uyg‘onish davrining vatani bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston, Movarounnahr Sharq uyg‘onish davrining birinchi va ikkinchi bosqichlarining vatani hisoblanadi. Buyuk Geglning shunday gapi bor: “Uyg‘onish Sharqdan boshlanadi”. O‘zbekiston madaniy merosi butun dunyo bo‘ylab keng yoyilgan, Fransiyada tashkil etilgan Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan, madaniy merosimizni o‘rganish, to‘plash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Butunjahon jamiyati tomonidan chop etilayotgan kitoblar dunyoning eng yetuk olimlari, sharqashunos muxatassislari muallifligida yaratiladi. Bu kitoblarni Sharq uyg‘onish davrining birinchi va ikkinchi bosqichdagi madaniy merosimizni hozirgi zamon o‘quvchisiga yetkazishdagi noyob ilmiy ish deya baholash mumkin. “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” kitob-albomi chop etilishida ham O‘zbekiston madaniy merociga befarq bo‘lmagan 20 dan ortiq olimlar ishtirok etgan”.







