Eyfel minorasi ertaga qayta ochiladi
U ish tashlash tufayli yopib qo‘yilgandi.

Eyfel minorasi 25 fevral kuni tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochiladi. U boshqaruv tashkiloti xodimlarining ish tashlashi tufayli yopilgandi.
“Eyfel minorasi rahbariyati va kasaba uyushma tashkilotlari ish tashlashni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Tomonlar taʼmirlash ishlariga investitsiya miqdorini muvofiqlashtirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eyfel minorasi shahar hokimiyati tomonidan ajratilayotgan mablag‘ miqdoridan norozi bo‘lgan sayt xodimlarining ish tashlashi tufayli olti kunga yopilgandi.







