Sportchilar va banklarga cheklov: Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 22-sanksiyalar paketini taqdim etdi
Taklif etilayotgan cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini ham qamrab oladi.

Yevropa Komissiyasi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini taklif qildi. Cheklovlar moliyaviy xizmatlar, kriptovalyutalar va energetika sektorini qamrab oladi. Bu haqda Komissiya prezidenti Ursula fon der Leyen ma’lum qildi.
Taklif etilayotgan choralar qatoriga:
-
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarida ishtirok etgan shaxslarga viza berishni taqiqlash;
-
SWIFT tizimidan uzilishi rejalashtirilgan 60 ta bankka nisbatan sanksiyalar joriy etish;
-
Rossiya neftini tashuvchi 70 ta tankerni cheklovlar ro‘yxatiga kiritish;
-
Yevropa Ittifoqi hududida Rossiya ramzlarini namoyish etishni taqiqlash;
-
YI fuqarolarining Rossiya kompaniyalarida lavozim egallashini cheklash;
-
Rossiya sport jamoalari va sportchilarining Yevropa Ittifoqidagi musobaqalarda qatnashishini taqiqlash;
-
Rossiyadan Yevropa sportini moliyalashtirishni cheklash kiradi.
Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar paketi iyul oyida qabul qilingan edi. Unga 48 nafar fuqaro va 170 ta tashkilot — jami 218 jismoniy va yuridik shaxs kiritilgan.








