Jahon

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

Tabiiy ofat oqibatida taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Hindistondan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik yordam: mablag‘ suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga yo‘naltiriladi

 

Hindiston hukumati avgust oyida suv toshqinidan jabr ko‘rgan Nepalga 1,62 mlrd dollarlik iqtisodiy yordam paketi taqdim etish rejasini e’lon qildi. Bu Hindistonning eng yirik yordam va’dalaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Nepal bosh vaziri Balendra Shah bilan muzokaralardan so‘ng yordam jabrlangan oilalarning hayotini tiklash, yangi imkoniyatlar yaratish va mamlakatning kelajakdagi tabiiy ofatlarga tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilishini bildirgan.

 

Ikki davlatning qo‘shma bayonotiga ko‘ra, paket qayta qurish va yangi infratuzilma loyihalari uchun 377 mln dollarlik grant hamda energetika loyihalariga 1,24 mlrd dollarlik kredit liniyasini o‘z ichiga oladi.

 

25-avgust kuni muzliklarning qulashi Lhende Xola daryosini to‘sib qo‘yishi oqibatida Nepalda sel va kuchli suv toshqinlari yuz bergan. Tabiiy ofat mamlakatning olti mintaqasi hamda Xitoyning Tibet avtonom hududida vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 1 500 kishi halok bo‘lgan, 5 200 kishi bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

 

Nepal hukumati mamlakatni tiklash uchun 4,78 mlrd dollar zarurligini baholagan. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 12 foiziga teng. Faqat elektr inshootlari va tarmoqlarini ta’mirlash uchun 2,58 mlrd dollar talab etiladi.

 

Hindiston ushbu yordam orqali Xitoy bilan mintaqadagi ta’sir uchun raqobatlashayotgan Nepal bilan aloqalarini ham mustahkamlashga intilmoqda.

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Istanbulda noqulay ob-havo: 18 ta samolyot boshqa aeroportlarga qo‘ndi

Noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli rivojlangan kumulonimbus bulutlari samolyotlarning xavfsiz qo‘nishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.