Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi
Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Istanbul politsiyasi Erondan kelgan uch nafar narkotik tashuvchi va ularni boshqargan tashkilotchini qo‘lga oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 39, 35, 31 va 43 yoshli gumonlanuvchilar aeroportda e’tiborni tortmaslik uchun bir-biridan alohida harakatlangan. Tashkilotchi sheriklarini ko‘z orqali ishora qilib boshqargan, tashuvchilar esa bagajlarini kechroq olib, boshqa yo‘lovchilar orasiga qo‘shilgan.
Rentgen tekshiruvi natijasida to‘rt kishining tanasida 280 ta kapsula borligi aniqlangan. Ularda jami 1 kilogramm 934 gramm afyun smolasi bo‘lgan.
To‘rtala gumonlanuvchi ham sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.








