Lifestyle

Bugun biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi

25-fevral ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Bugun biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi



Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25 fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib,  tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo viloyatida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

Bugun biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi | Zamon.uz