Toshkentda avtobus Malibu bilan to‘qnashib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda avtobus va Malibu ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Maʼlum qilinishicha, 25 fevral kuni “Toshshahartransxizmat” AJning 18-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan King Long rusumli avtobus va Malibu rusumli avtotransport vositasi ishtirokida mayda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
382-raqamli avtobus soat 11:30 larda Bobur ko‘chasidagi avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakda ketayotganda, to‘xtab turgan Malibu haydovchisi old eshikni ochib yuborgan.
Hodisa oqibatida hech kimga, shuningdek, avtobusga ham zarar yetmagan.







