O'zbekiston

Elektron sigaretalar tamakiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni chippakka chiqaradimi?

Maʼlumotlarga ko‘ra, elektron sigaretalardan foydalanadigan bolalar va o‘smirlar keyinchalik odatdagi sigaretalarni ikki baravar ko‘proq isteʼmol qilishni boshlaydilar.

Elektron sigaretalar tamakiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni chippakka chiqaradimi?

 

Bugun elektron sigaretalardan foydalanish kattalar orasida unchalik ko‘p tarqalmagan. Ammo ulardan foydalanilayotgan 50 ta mamlakatda elektron sigaretalardan foydalanishning bolalar va o‘smirlar orasida oshib borayotgani aniqlangan.

 

AQSHda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqori sinf o‘quvchilari orasida elektron sigaretalardan foydalanilishi 2011 yildan 2020 yilgacha 1,5 foizdan 19,6 foizgacha oshgan, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov. — 2014 yildan 2020 yilgacha aromatik elektron sigaretalarni isteʼmol qiladigan foydalanuvchilar ulushi 65,1 foizdan 84,7 foizgacha yetgan.

 

Elektron sigaretalardan foydalanadigan yoshlarning 70 foizi, “ularga yoqadigan taʼmga ega bo‘lgani uchun” elektron sigaretalardan foydalanishayotganini aytgan.

 

Rossiya Federatsiyasida esa elektron sigaretalar bozorda paydo bo‘lgandan keyin besh yil o‘tib, yaʼni 2015 yilda odatiy sigaretani chekish darajasi kamayganiga qaramay, nikotinga qaramlik darajasi maktab o‘quvchilari orasida ko‘paygan.

 

O‘zbekistondagi holat haqida gapirsak, 2019 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 18-29 yoshdagi erkaklari orasida elektron sigaretalarni chekish darajasi 30-69 yoshdagi erkaklar orasidagidan ikki marta ko‘p bo‘lgan.

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining maʼlumotlariga ko‘ra, elektron sigaretalar voyaga yetmaganlar yonidan barcha topilgan tamaki mahsulotlarining o‘rtacha 8 foizini tashkil etgan.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining taʼkidlashicha, elektron sigaretalardan foydalanadigan bolalar va o‘smirlar keyinchalik odatdagi sigaretalarni ikki baravar ko‘proq isteʼmol qilishni boshlaydilar.

 

Bu shundan dalolat beradiki, yosh avlod nikotinga qaramlik kasalligiga duchor bo‘ladi, bu tamakiga qarshi kurashishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni chippakka chiqaradi hamda ushbu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni ham xavf ostiga qo‘yadi.

 

Bundan kelib chiqadiki, o‘smirlar orasida tamaki, xususan, elektron sigaretalarning tarqalishini cheklash har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Elektron sigaretalar tamakiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarni chippakka chiqaradimi? | Zamon.uz