Ohangaronga yangi hokim tayinlandi
Ushbu lavozimga Rajabboyev Muzaffar qo‘yildi.

Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.
M.Rajabboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.







