“O‘zbekiston-Qatar munosabatlarida yangi davr boshlandi”
Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy janobi oliylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvali batafsil muhokama qilingan.
"Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalarimiz 2023 yili yangi bosqichga o‘tgani taʼkidlandi. Samarqand (2023 yil 5-6 iyun) va Doha (2023 yil 2 oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.
Biz o‘zaro madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bog‘lanib, qo‘shma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz", deb yozadi Mirziyoyeva o‘zining rasmiy telegram-kanalida.







