Toshkentda Orlando yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Bugun, 26-fevral kuni Toshkentda Orlando rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda shahar IIB YHXB xabar bermoqda.
Holat soat 08:15 larda Uchtepa tumani KXAY ko‘chasida yuz bergan. 2004 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi Orlando rusumli avtomashinaning motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.







