Varshavada O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston elchixonasida Mazovetsk voyevodaligi Iqtisodiyot va tashqi hamkorlik bo‘yicha marshal ofisi direktori o‘rinbosari Aleksandra Xanzel bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari delegatsiyasining Polshaga tashrifi doirasida o‘tkaziladigan qo‘shma biznes-forumga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Forumda iqtisodiy hamkorlik va O‘zbekistonga investitsiya jalb qilishning amaliy imkoniyatlari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Aleksandra Xanzel so‘zlariga ko‘ra, Polsha tomoni biznes-forumga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Ayni paytda biznes-forumda ishtirok etish uchun 128 ta polyak va xorijiy kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan.







