Siyosat

Joriy yilda kamida 85 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Joriy yilda kamida 85 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi

 

Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga bo‘lgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortig‘i bilan qoplashga yetadi. Lekin shunday ulkan imkoniyat ancha yillar davomida ishga solinmagan edi.

 

So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan bu sohaga katta eʼtibor qaratilib, huquqiy zamin yaratildi. “Yashil energiya” manbalarini barpo qilish bo‘yicha katta dasturlar boshlandi. Investorlar uchun jozibador muhit tashkil etildi.

 

Bugungi kunga qadar, sohaga 2,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi, yana 13 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilayapti. Deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda.

 

Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushdi. Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 183 megavattli 6 ta yirik va kichik GESlar foydalanishga topshirildi.

 

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlarga tegishli binolar va aholi xonadonlarida umumiy quvvati 457 megavattli quyosh panellari o‘rnatildi. Bu ishlarga banklar tomonidan qariyb 2 trillion so‘m resurs ajratildi.

 

Natijada qo‘shimcha 5 milliard kilovatt-soat ekologik toza elektr ishlab chiqarish va 1,5 milliard kub metr gaz tejash imkoniyati yaratildi.

 

Bu sohadagi keng qamrovli ishlar mahalliy korxonalarda transformator, har xil turdagi kabellar, isitish kollektorlari, quyosh paneli, izolyator, metall ustunlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham katta turtki berdi.

 

Bir so‘z bilan aytganda, “yashil” energetika – ham iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga, ham chinakam umummilliy harakatga aylanmoqda.

 

2024 yilda “yashil energiya” hajmi 13 milliard kilovatt-soatga, uning mamlakatimizdagi jami ulushi 15 foizga yetadi. Qisqa davr uchun bu juda katta ko‘rsatkich, albatta.

 

Lekin bu borada hali imkoniyatlar ko‘p, ular hamma hududlarda ham to‘liq ishga solinmayapti.

 

Shu bois yig‘ilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va shunga yarasha infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar muhokama qilindi.

 

Davlatimiz rahbari sohadagi tajribaga tayanib, bu yildan yirik “yashil energiya” quvvatlarini yaratish bo‘yicha uch yillik dasturga o‘tish zarurligini taʼkidladi.

 

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlari talabidan kelib chiqib, kelgusi uch yilda 8 gigavattli 28 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. 944 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va 6 ta yirik podstansiya quriladi. Jami 2,2 gigavatt bo‘lgan 18 ta elektr saqlash quvvati o‘rnatiladi.

 

Energetika tizimining barqarorligini taʼminlash uchun ushbu quvvatlarga mos tarmoqlarni qurishni hamda zarur materiallar ishlab chiqarishni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.

 

Energetika vaziri uch yillik dasturdan o‘rin olgan 2,6 gigavattli 14 ta stansiya bu yil ishga tushirilishi, ularni tarmoqqa ulash uchun 5 ta podstansiya quvvati kengaytirilib, 500 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari qurilishi haqida axborot berdi.

 

Umuman, yangi quvvatlar hisobiga bu yil kamida 85 milliard kilovatt-soat, shundan quyosh va shamol stansiyalarida 6 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilishi aytildi.

 

Joylarda quyosh panellarini o‘rnatish holati ham ko‘rib chiqildi.

 

Aholining bundan manfaatdorligini oshirish maqsadida “Quyoshli xonadon” dasturi joriy qilingan. Unga ko‘ra, quyosh paneli o‘rnatgan aholidan har 1 kilovatt elektrni 1 ming so‘mdan sotib olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda 11 mingga yaqin xonadon egalari bu imkoniyatdan samarali foydalanayapti.

 

Bu ishlarni kengaytirish uchun uning jozibadorligini oshirish, quyosh paneli o‘rnatuvchilarga ko‘maklashish kerakligi aytildi. Buning uchun qo‘shimcha 50 million dollar resurs ajratilishi, xorijiy investorlar ishtirokida yana 100 million dollar jalb qilinishi belgilandi.

 

Quyosh energiyasidan foydalanishda tadbirkorlarga ham qo‘shimcha yengilliklar yaratiladi. Jumladan, quyosh paneli, invertor va akkumulyatorlarni import qilishda bojxona imtiyozlari yana besh yilga uzaytiriladi.

 

Mutasaddilarga qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi taʼminoti kabi energiya sarfi yuqori bo‘lgan sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.


Bu soha rivojlanayotgani boshqa turdosh tarmoqlarga ham ijobiy taʼsir etmoqda. Xususan, yirik quyosh va shamol stansiyalarini qurish, ularni tarmoqqa ulash, taʼmir va servis xizmati ko‘rsatish jarayonlarida mahalliy korxonalarimiz uchun kamida 1 milliard dollarlik bozor paydo bo‘lmoqda.

 

Shu bois bu yil Qarshi shahridagi “Solar klaster”da quyosh paneli, akkumulyator, invertor, suv isitkich, Ohangaron sanoat zonasida kabel va transformator, Nukus shahri va Andijon tumanida quyosh panellari ishlab chiqarish loyihalashtirilgan.

 

Prezidentimiz mahalliy korxonalarga xalqaro sertifikatlarni olishda va ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga moslashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Energetika vaziri va hokimlar yig‘ilishda belgilangan vazifalar bo‘yicha ishni tashkil qilish rejalari yuzasidan axborot berdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.