O'zbekiston

Toshkentda o‘quvchi maktabga qurol bilan keldi

Holat bo'yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda o‘quvchi maktabga qurol bilan keldi

 

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahridagi 142-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi maktabga qalbaki qurol bilan kelgani aks etgan fotosurati va xabar tarqaldi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, haqiqatan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli umumta’lim maktabi 8-“B” sinf o‘quvchisi I.A. o‘yinchoq to‘pponchani beliga qistirib, sinf doskasi oldida turgan holatidagi fotosuratini Instagram sahifasiga joylagan. Keyinchalik bu fotosurat boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalib, ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan.

 

Mazkur holatdan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan “Oqqo‘rg‘on” MFY inspektori, ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. O‘quvchining onasi holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. O‘quvchining o‘yinchoq to‘pponchasi mahalla inspektori tomonidan olib qo‘yilgan.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.