Jony Umra ziyoratini amalga oshirdi
Xonanda ziyoratga ota-onasi bilan borgan.

Kecha, 29 fevral kuni rossiyalik mashhur xonanda Jony ota-onasi bilan birga Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi.
Qo‘shiqchi “Al-Haram” masjidi yonida tushgan suratlarini Instagram sahifasi orqali bo‘lishar ekan, uning ostiga "Eng yaxshi tug‘ilgan kun" deya izoh yozgan.
Maʼlum bo‘lishicha, Jony Umra ziyoratini aynan tug‘ilgan kun sanasida amalga oshirishni reja qilgan. Uning obunachilari ushbu xabarni ijobiy qabul qilib, ijodkorga samimiy tilaklar yozishgan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda sanoqli kunlardan so‘ng Toshkentga keladi. 4 mart kuni Humo Arenada uning konserti rejalashtirilgan.







