O'zbekiston

Britaniyada O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tuziladi

Uning ochilish marosimi bugun bo‘lib o‘tgan.

Britaniyada O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tuziladi

 

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish doirasida Buyuk Britaniyada O‘zbekistonlik talabalari uyushmasi (O‘zTU) tashkil etiladi.

 

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida bir guruh vatandosh talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Buyuk Britaniyadagi universitetlarda tahsil olayotgan mamlakatimiz yoshlarini birlashtirish, ularning bilim olishlari uchun qulay va faoliyatning turli sohalarida faol ishtirok etishlari uchun universal platforma yaratishga qaratilgan.

 

Ayni paytda Buyuk Britaniyaning Oksford, Kembrij, Edinburg, London Iqtisodiyot maktabi, London Imperial kolleji kabi nufuzli universitetlarida 600 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Shundan 120 nafari "El yurt umidi" jamg‘armasi stipendiantlaridir.

 

O‘zbekistonlik talabalar uyushmasi yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy-maʼrifiy almashinuvni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, tashkilotning tashkil etilishi talabalarning o‘zaro samarali hamkorlik qilishi, tajriba va bilim almashishi, huquq va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.

 

O‘zbekistonlik talabalar uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bugun, 2 mart kuni mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi.

 

Mazkur uyushmaning tashkil etilishi talabalarning nafaqat sifatli taʼlim olish va malaka oshirishga intilishi, balki O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarini rivojlantirishda yoshlarning roli ortib borayotganidan dalolatdir.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.