Jahon

Osiyoning eng boy odami dabdabali to‘y qildi

Marosimga Hillari Klinton, Bill Geyts, Mark Sukerberg kabi shaxslar taklif etilgan.

Osiyoning eng boy odami dabdabali to‘y qildi

 

Hindistonning eng boy kishisi Mukesh Ambani o‘g‘lini uylantirdi.

 

Uch kunlik to‘y marosimiga 1000 kishi, jumladan, Hillari Klinton, Bill Geyts, Mark Sukerberg va boshqa dunyoning yetakchi insonlari taklif etilgan. Mehmonlarga mashhur xonanda Rihanna xizmat qilgan.

 

To‘y taomnomasi ham ko‘pchilikni hayron qoldirishi aniq. Buning uchun dunyoning turli burchaklaridan 25 dan ortiq oshpazlar jamoasi jalb qilingan. Ular mehmonlarga yapon, meksika va tailandcha usulda 2500 xil ovqat tayyorlashgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, to‘y Hindistonning eng go‘zal mintaqalaridan biri - Udaipurda keng miqyosda nishonlangan. To‘y oldidan uch kunlik katta marosim besh yulduzli Oberoi Udaivilas mehmonxonasida va 18-asrda qurilgan shahar saroyida bo‘lib o‘tgan.

 

Maʼlumot uchun, Mukesh Ambani neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya egasi hisoblanadi. Forbes talqiniga ko‘ra, u dunyo milliarderlari reytingida 7-o‘rinda turadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.