O'zbekiston

Zangiotadagi maktabda Milliy gvardiya xodimi jarohatlandi

U o‘quvchilar o‘rtasidagi janjalni to‘xtatmoqchi bo‘lgan.

Zangiotadagi maktabda Milliy gvardiya xodimi jarohatlandi

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatidagi maktabda o‘quvchi bilan Milliy gvardiya xodimi janjallashgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Qayd etilishicha, 1 mart kuni soat 13:00 larda Zangiota tumani “Bog‘ishamol” MFYdagi 4-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf o‘quvchilarining maktabni orqa taraf hovlisida o‘zaro janjallashayotganini ko‘rib qolib holatni bartaraf etishga kirishadi.

 

Shu vaqtda profilaktika inspektori ham yetib kelib Milliy gvardiya xodimi bilan birgalikda o‘quvchilarni tinchlantirishga kirishishida ushbu maktabning 10-sinf o‘quvchisi M.B.ning chaqiruvi bilan tashqaridan yetib kelgan akasi hamda uning ikkita sheriklari esa xodimlarning ogohlantirishiga qaramasdan janjalga aralashib ketishadi. Taraflarning xatti-harakatlarini va qarshiliklarini to‘xtatish chorasini ko‘rgan Milliy gvardiya xodimiga shu joyda tan jarohati yetkaziladi.

 

Maktabdagi tashvish tugmasi orqali chaqirilgan hamda tezkorlik bilan yetib kelgan Qo‘riqlash tezkor guruhi tomonidan holat to‘liq bartaraf etilgan holda Milliy gvardiya xodimining xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik qilganlar qo‘lga olinib, tuman ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.

 

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida tashqaridan maktab hududiga kirib, janjalga aralashgan va xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan fuqaro ushbu maktabning 10-sinf o‘quvchisi m.B ning akasi Toshkent viloyati, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli I.Boqiyev ekanligi maʼlum bo‘lgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro I.Boqiyev JPKning 221-moddasi asosida ushlanib, unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinmoqda. 

 

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan jinoyatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash borasida ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

  

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.