Bojxonachilar “kepak” operatsiyasini fosh etdi
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, "Chuqursoy texnik idora" bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan temir yo‘l vagonida keltirilgan kepak tovarlariga tegishli yuk hujjatlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur temir yo‘l vagonida yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan, kepak tovarlari orasiga mohirlik bilan yashirilgan qiymati 870 million so‘mlik shakar tovarlari borligi aniqlandi.


Umumiy og‘irligi 58 tonnani tashkil etuvchi mazkur tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish orqali davlat byudjetiga 691 million so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga urinish rejasi amalga oshmadi.
Hozirda tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.









