Lifestyle

8-martda tomosha qilish uchun TOP 5 film

Ular taʼsirli lahzalar, o‘z-o‘zini tushunish va do‘stlik haqidagi muhim saboqlarga boy.

8-martda tomosha qilish uchun TOP 5 film

 

Milliy kinematorgafiyani rivojlantirish markazi 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni uchun maxsus kinolar to‘plamini taqdim etdi.

 

"Qattiqqo‘l xonim"

 

 

Bunda nufuzli moda jurnali muharririning yordamchisi bo‘lib ishga kirgan yosh jurnalist Anjelikaning hayoti eks etgan. Bosh qahramon moda olamida qiyinchiliklar va sinovlarga duch keladi. Filmda kasbiy o‘sishning qiyinchiliklari, muvaffaqiyat qiymati va insonning o‘zliigiga sodiq bo‘lishi muhimligi ko‘rsatilgan.


"7 opa-singil siri"

 

 

Ilmiy-fantastik triller aholi sonining o‘sishi jiddiy muammo bo‘lgan kelajakdagi dunyoda bo‘lib o‘tadi. Kinodagi 7 opa-singil hukumatdan oilaviy sirini yashirishga astoydil harakat qilishadi. Film drama, oila va qo‘llab-quvvatlash haqida hikoya qiladi.

 

"Sen bilan ko‘rishguncha"

 

 

Ushbu film baxtsiz hodisadan so‘ng nogiron bo‘lib qolgan Uill ismli boy tadbirkorning qarovchisi – Lu ismli yosh ayol haqida. Film hayotning qadr-qimmati, yashash va har bir lahzani qadrlash muhimligi haqidagi hikoya qiladi.

 

"Malikaning kundaligi"

 

 

Mazkur sarguzashtli film Mia ismli oddiy qizning to‘satdan qirollik taxti vorisi bo‘lishi haqida hikoya qiladi. Film kulgili vaziyatlar, taʼsirli lahzalar va o‘z-o‘zini tushunish va do‘stlik haqidagi muhim saboqlarga boy.

 

"Oushenning 8 dugonasi"

 

 

Rejissyor Gari Ross tomonidan yaratilgan komedik-kriminal film. Bosh rollarda: Sandra Bullok, Keyt Blanchett, Enn Xeteuey, Helena Bonham Karter, Rihanna, Sara Polson va boshqalar.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"